Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bola o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha sud ishi boshlandi. Sud soat 10:00 da boshlanishi aytilsa-da, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan sudlanuvchilarni sud binosiga olib kelish bilan bog‘liq muammo sabab, ikki soat kech boshlandi.

Sud avvalida 21 nafar sudlanuvchining shaxsiga aniqlik kiritildi. Ayblanuvchilarning advokatlari kiritgan iltimosnomalar muhokama qilindi.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Hindistonlik S.R.P. (Quramax Medical MCHJ direktori)ning advokati Davron Ahmadov sud hayʼatidan himoyasi ostidagi ayblanuvchining dini, vegetarianligini inobatga olib, unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilishni, ayblanuvchiga qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qo‘llanilishini so‘radi. Sud iltimosnomani rad etdi.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Yana bir advokat himoyasi ostidagi Sh.X.ning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo sabab, uning sudda onlayn ishtirok etishiga ruxsat berilishini iltimos qildi. Sud hayʼati Sh.X.ning sog‘lig‘idagi muammo bilan bog‘liq jarayon haqida hujjatga egaligini, ammo shifokorlarning sudlanuvchining sog‘lig‘i sudda ishtirok etishi uchun javob bermaydi degan xulosa bersa va u sudga taqdim qilinsa, bu iltimosnoma muhokama qilinishini, shundan so‘ng bu iltimosnoma bo‘yicha qaror qilinishini bildirdi.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Sud 16-avgust soat 10:00 ga qadar tanaffus eʼlon qildi.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Mazkur sirop ishi bo‘yicha 21 kishi ayblanmoqda. Ularning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol bo‘lib, 7 tasiga qamoqqa olish, 12 tasiga munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat va 2 tasiga garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llangan. Ular Jinoyat kodeksining 184, 28,186-3, 186-3, 25,205, 205, 207, 28,209, 209, 210, 211, 212, 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

2022-yilning dekabr oyida tarmoqlarda Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgan bemorlarda turli nojo‘ya taʼsirlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ushbu vaziyatni darhol nazoratga oldi. Zaharli sirop haqida jamoatchilikka oshkor qilgan Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachining yozishicha, ikki oyda 21 kishi shu dori vositasi qabulidan so‘ng shikoyat qilgan. 17 nafar bolaning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib, ularning 15 nafarida o‘lim holati kuzatilgan.

Shundan so‘ng “Dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati O‘zbekistondagi dorixonalardan “Dok-1 Maks” preparatini qaytarib olish boshlanganini maʼlum qildi. Ko‘p o‘tmay Sog‘liqni saqlash vazirligi “Dok-1 Maks” preparatini o‘rganish natijalarini eʼlon qildi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan maxsus ishchi guruh aʼzolari tomonidan joyiga chiqqan holda xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlanib, materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

O‘sha kuni Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan Quramax Medical MCHJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3 moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi. Keyinchalik “Daryo” muxbiri mazkur sirop sabab Qashqadaryoda 1,5 yoshli bola vafot etganini oshkor qildi. Shuningdek, Namanganda 2,5 yoshli bola shu sirop sabab o‘ldi. OAVlarda eʼlon qilingan axborotlarga ko‘ra, sirop sabab dastlab 22 nafar bola vafot etgani aytilgan bo‘lsa, Oliy sud bu raqamlar ikki baravar ko‘p ekanini ochiqladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »