Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident “Yashil makon” loyihasi bo‘yicha ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan rahbarlarni tanqid qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 11-avgust kuni Buxoroda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida prezident “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan ayrim rahbarlarni tanqid qildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlarda ko‘kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish bo‘yicha katta dastur qabul qilingan. Buning uchun har bir viloyat bahor va kuz mavsumida 15 million tup daraxt ko‘chatlari ekishi, barcha shaharlar atrofida “yashil belbog‘”lar tashkil qilish zarur.

Lekin ayrim rahbarlar bu ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan. Xususan, ko‘chatlar sug‘orish tizimi yo‘q hududlarga ekilgani sabab 10 million nihol nobud bo‘lgan. Daraxt ko‘chatlarini yo‘llar bo‘yida ekish ishlari 33 ta tuman va shaharda umuman bajarilmagan.

Davlat rahbari o‘z hududida ekologik vaziyatni yaxshilash, aholiga qulay yashash va toza havo muhitini yaratish endilikda  hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.

Barcha tizim va hudud rahbarlariga  mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli bino, hovlilarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish topshirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »