Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida 65 nafar fuqaroning nomiga mikroqarz olgan shaxslar aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, departamentning Beruniy tuman bo‘limi tomonidan “ANOR BANK” AJ murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “B.R.” MCHJ rahbari Sh.V. va boshqalar 65 nafar fuqaroning xabardorligisiz soxta maʼlumotlar orqali ularning nomiga bank sotuv shoxobchalari orqali jami 981,5 million so‘m onlayn mikroqarz ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kredit mablag‘larining o‘zlashtirilishi

Fevral oxirlarida Surxondaryo viloyatining Oltinsoy va Termiz tumanlarida 11 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlangandi. May oyida esa Surxondaryo va Farg‘onada oilaviy korxonalar rahbarlari 1,2 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlarni talon-toroj qilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda davlat dasturi doirasida ajratilgan kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »