Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya 11-avgust kuni ertalab Kiyev viloyatiga X-47 “Kinjal” aeroballistik raketalari uchirdi. Bu haqda Ukraina harbiy-havo kuchlari xabar berdi.

Foto: depositphotos.com
“Dushman to‘rtta MiG-31K samolyotidan 4 ta X-47 ‘Kinjal’ aeroballistik raketalarini uchirdi. Parvoz Rossiyaning Tula va Lipetsk viloyatlari havo hududidan amalga oshirildi.
Raketalar Ukraina havo hududiga shimoldan kirib, janubi-g‘arbga qarab Ivano-Frankovsk viloyatidagi ‘Kolomiya’ aerodromi hududiga yo‘l olgan”, — deyiladi xabarda.

Kiyev viloyati hududida bitta X-47 raketasi yo‘q qilingan. Qolganlari aerodromdan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda qulagan.

“Fuqarolik infratuzilma obyektlariga zarba berildi, raketalardan biri uy-joy sektoriga tegdi. Ivano-Frankovsk viloyati ma’muriyatiga ko‘ra, Rossiyaning raketa hujumi oqibatida bir bola halok bo‘lgan, jarohat olganlar ham bor”, — deydi Ukraina harbiy-havo kuchlari.

Rossiya Ukrainaga “Kinjal” raketalari bilan zarba berdi

11 avgust kuni ertalab Kinjal aeroballistik raketalarining uchirilishi sababli Ukraina bo‘ylab havo hujumidan ogohlantirish trevogasi e’lon qilindi.

Kiyevda portlashlar sodir bo‘lgan. Shahar merining aytishicha, raketa bo‘laklari bolalar shifoxonasiga tushgan.

Ukrainaning Zaporojye, Rossiyaning Bryansk viloyatlari o‘qqa tutildi

10-avgust kuni kechqurun Zaporojye shahriga raketa hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 16 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola jarohatlandi. Rossiya Zaporojye viloyatining fuarolik infratuzilmasi obyektiga “Iskander-K” raketalari bilan zarba bergan.

10-avgust kuni Rossiyaning Bryansk viloyatidagi Chausi qishlog‘i o‘qqa tutilgan. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan. Yana ikki fuqaro — bir ayol va bir erkak turli darajadagi tan jarohatlari olgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »