Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Qayd etilishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganishlar davomida Past  Darg‘om tumani “Kamolot” mahallasi hududida faoliyat yurituvchi “D.G‘.S” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar “Past Darg‘omtumangaz” gaz taʼminoti bo‘limining ruxsatisiz, shartnoma tuzmasdan, tijorat maqsadida ohak ishlab chiqarish sexini tashkil etgani aniqlangan. Ular o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olib, noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.

Jamiyat tomonidan o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olib, noqonuniy ravishda foydalanib kelganligi oqibatida 4,3 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan “D.G‘.S” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Ohak sexlarining noqonuniy faoliyati

  • Bir necha kun oldin Farg‘onada ohak sexini umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 168,5 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani shaxs aniqlangan edi.
  • Shuningdek, Namangan shahrida ohak pishirish xo‘jaligi 4 milliard so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani
  • Jizzaxda ohak ishlab chiqarish sexi 330 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »