Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 11-avgust kuni Buxoroda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qator hududlarda elektr energiyasini tejash rejasi bajarilmaganini tanqid qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Energiya ta’minotidagi defitsitni to‘liq qoplash maqsadida aprel oyida har bir tuman va shaharda o‘rganishlar o‘tkazilgani, shu asosda 4,5 milliard metr3 gaz va 7,5 milliard kilovatt soat elektrni iqtisod qilish bo‘yicha tumanbay dasturlar qabul qilingani qayd etildi.

Biroq yig‘ilishda ta’kidlanganidek, ko‘p hudud va tarmoqlarda hali aytarli natija bo‘lgani yo‘q, rahbarlari esa “so‘rov bo‘lmayapti” deb, bu vazifalarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan.

Xususan, Toshkent viloyati rejaga nisbatan 40 million metr3, Toshkent shahri 19 million, Samarqand 13 million, Xorazm 3,5 million metr3 gazni ko‘p iste’mol qilgan. Elektr bo‘yicha Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyati, Farg‘ona va Toshkent shahrining birorta tumani tejash rejasini bajarmagan.

Energetika kompleksi rahbarlari bu ishlarni pastda tizimli tashkil qila olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, jahonda energiya resurslarini tejash masalasining dolzarbligi tobora ortib borayotgani sabab O‘zbekistonda “yashil energetika”ni rivojlantirish va iqtisodiyotga energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha katta marralar olingani ham aytib o‘tildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »