Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bola o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha sud ishi boshlangani, hindistonlik sudlanuvchining advokati unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirib, uni ochiqqa olib chiqishga uringani va bunga jabrlanuvchilar qarshilik ko‘rsatgani xabar berilgandi. “Daryo” jurnalisti bilan suhbatlashgan jabrlanuvchilarning aytishicha, “Dok-1 Maks”dan vafot etgan bolalar soni 65 nafar ko‘p.

“Dok-1 Maks” siropi sabab gapirishdan, yurishdan to‘xtagan va birinchi guruh nogironiga aylangan 5 yoshli Alibek O‘ktamovning otasi Feruz Nuritdinovning aytishicha, Oliy sud sirop sabab 65 nafar bola vafot etgan deb, raqamlarni kamaytirib ko‘rsatmoqda.

Feruz Nuritdinov.
Foto: “Daryo”
Oliy sud ko‘rsatayotgan raqamlardan ko‘proq bola vafot etgan. Qolaversa, bu sirop sabab nogiron bo‘lib qolganlari ham ancha, — deydi Alibekning otasi.

Feruz Nuritdinovga ko‘ra, uning bolasi 2022-yilning dekabr oyida siropdan zaharlangan. Va 65 kun komada yotgan.

2022-yilning dekabr oyi boshlarida bolam shamollab qolgani uchun “Dok-1 Maks” siropini ichira boshladik. O‘g‘lim sirop ichishni boshlashidan uch kun o‘tib, qayd qila boshladi. Nukus shahridagi shifoxonada bolamning ikki buyragi ishlamayotganini aytib, Toshkentga olib borish kerakligini uqtirishdi, — deydi u o‘g‘lining siropdan zaharlanishini eslar ekan.

Jabrlanuvchining aytishicha, uning farzandi sirop sabab gapirolmaydigan, yurolmaydigan nogironga aylangan.

Allohga shukr, mening bolam siropdan vafot etmadi. Lekin sirop sabab avval tili aylanmay, gapirolmay qoldi. Keyin komaga tushib qolib, 65 kun komada yotdi. Shu muddat ichida qo‘llarining tomiri tortib, qiyshayib qoldi. Boshida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani sabab o‘ziga keldi. Lekin bugungi kunga kelib, bolam gapirolmaydi, harakatlana olmaydi. Birinchi guruh nogironiga aylandi, — deydi jabrlanuvchi ota.

Sirop sabab 5 yoshli o‘g‘lidan ayrilgan surxondaryolik jabrlanuvchi Sirojiddin Hasanov sudning adolatidan umidvorligini aytmoqda.

Sirojiddin Hasanov.
Foto: “Daryo”
2022-yil 5 yoshli o‘g‘lim “Dok-1 Maks” siropidan zaharlangan ekan. Dastlab Surxondaryo viloyatidagi Qumqo‘rg‘on shahar shifoxonasiga olib bordik. U yerda shifokorlar noto‘g‘ri tashxis qo‘yishdi. Shundan so‘ng o‘g‘limni Termizdagi shifoxonaga olib bordik. Termizda bolada o‘tkir buyrak yetishmovchiligi borligi aytildi. Bolam siyishdan qoldi. Shu sabab o‘g‘limni 2022-yilning 21-dekabr kuni Toshkent shahridagi 16-sonli shifoxonaga olib keldik. Bolamning ahvoli og‘ir bo‘lgani sabab, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Bir hafta o‘tar-o‘tmas o‘g‘lim komaga tushib qoldi. 2023-yil 23-yanvargacha komada yotdi. Undan so‘ng milliy bolalar markazida ham koma holatida yotdi. Shundan so‘ng o‘g‘lim vafot etdi, — deydi Sirojiddin Hasanov.

Otaning aytishicha, ular dastlab bolasi aynan siropdan zaharlanganini bilmagan.

Samarqanddagi voqea ovoza bo‘lgach, o‘sha siropning qolgan 20-30 gramm qismini olib kelib, tekshiruvga berdik. Zahar chiqdi. Besh oy davomida shifoxonada edim. Har kuni bolalar o‘lganiga ham guvoh bo‘ldik, — deydi u.

Sirojiddin Hasanov hindistonlik sudlanuvchi S.R.P.ning advokati Davron Ahmadovning himoyasi ostidagi ayblanuvchining dini, vegetarianligini ro‘kach qilib, unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilishga urinishini qoralamoqda.

Suddan ayblanuvchilarga oliy jazo berishini so‘rayman, — deydi bolasi o‘lgan ota.

Sud 16-avgust soat 10:00 ga qadar tanaffus eʼlon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »