Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Erdo‘g‘on va Putin avgust oxiri – sentabr oyi boshida don bitimini qayta tiklash bo‘yicha uchrashishi mumkin. Bu haqda “A haber” telekanali ma’lum qildi. 

Telekanalga ko‘ra, Turkiya rahbari hamon Rossiya prezidentining Turkiyaga kelishini kutmoqda. Biroq Putin Turkiyaga kelmasa, Erdo‘g‘on Rossiyaga safar uyushtirishi mumkin. 

“A haber” muzokaralarning asosiy mavzusini Rossiya 18-iyul kuni kelishuvlar bo‘yicha o‘z talablari bajarilmagani sababli chiqib ketgan g‘alla bitimini qayta tiklash deb atagan.

Rossiya va Turkiya prezidentlari 2-avgust kuni telefon orqali muloqot o‘tkazdi va uning davomida ular ehtimoliy uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishga kelishib oldilar. 4-avgust kuni Erdo‘g‘on jurnalistlarga Putinning Turkiyaga tashrifi ehtimoli haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrifning aniq sanasi hozircha belgilanmagan va diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi.

Foto: “RIA Novosti”

3-avgust kuni Rossiya davlati rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Turkiya prezidentlarining uchrashuvi joyi va aniq sanasi diplomatik kanallar orqali kelishib olinishini maʼlum qildi. 

“A haber”, shuningdek, Erdo‘g‘onning 20-avgust kuni Vengriyaga tashrif buyurishini ma’lum qildi. Turkiya prezidenti 9—10-sentabr kunlari G20 sammitida ishtirok etish uchun Hindistonga keladi.

Bundan tashqari, Turkiya rahbarining BMT Bosh Assambleyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 17—21-sentabr kunlari AQSHga safari rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »