Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gavayi arxipelagidagi Maui turistik orolida sodir bo‘layotgan o‘rmon yong‘inlarida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 80 kishi halok bo‘ldi.

Foto: AP Photo

Qayd etilishicha, yong‘in qurbonlarining asl soni ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki qutqaruvchilar olovda qolgan binolarni hali tekshirishga ulgurmadi, deydi mahalliy rasmiylar.

Orol meri Richard Bissenning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar hamon ko‘chada topilgan jasadlarning sonini aniqlamoqda. Shuningdek, yong‘inni o‘chirish ishlari davom etyapti. Yong‘in 1 900 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. 11 mingga yaqin odam elektr energiyasisiz qolgan.

Foto: Reuters

Orolda tabiiy yong‘inlar 8-avgust kuni boshlangan. Olov binolarni qamrab olgan va kuchli shamol ta’sirida boshqa uylarga tarqalgan. Ba’zi mahalliy aholi vakillari yong‘indan qutulish uchun o‘zini okeanga tashlashga majbur bo‘lgan. Ko‘chalarni qalin tutun qoplagani sabab aholi atrofni deyarli ko‘ra olmay, mashinalarda shaharni tark etgan. Yong‘inlarning aniq sabablari hozircha noma’lum.

Foto: Twitter (X)
Foto: Telegraf

10-avgust kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Gavayini tabiiy ofat hududi deb e’lon qildi va arxipelagning jabrlangan hududlariga federal yordam ko‘rsatishni buyurdi. Mahalliy hukumat hozirgi yong‘inlarni orollar tarixidagi eng dahshatli tabiiy ofatlardan biri deb atamoqda. Zararni bartaraf etish uchun ko‘p yillar va milliardlab dollar kerak bo‘ladi, deydi ular.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »