Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ba’zan hatto katta budjet va professionallar jamoasi bo‘lgan filmlarda ham kichik xatoliklar sodir bo‘ladi, ayniqsa, vizajistlar mehnati haqida gap ketganda. Ba’zi aktyor va aktrisalar ekranda unchalik tabiiy ko‘rinmaydi: g‘alati teri rangi yoki haddan tashqari ko‘payib ketgan makiyaj. Ammo bunday kamchiliklarni tomoshabinlar tezda payqashadi.

Jonni Depp, “Qora massa”

Foto: AdMe

Ushbu filmda Jonni Depp jinoyatchilar boshlig‘i rolini o‘ynaydi. Film real hikoyaga asoslangan. Tomoshabinlar va tanqidchilar sujetni ham, aktyorlik mahoratini ham maqtashadi, biroq Deppning beo‘xshov grimi film sujetini buzgan.

Asosiy muammo shundaki, qahramonning yuzi niqobga o‘xshardi. Pardoz va boshqa makiyajlar tomoshabinlarni alday olmaydi.

Jennifer Konnelli, “Tafakkur o‘yinlari”

Foto: AdMe

Ron Xovardning iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Jon Nesh hayoti haqidagi biografik dramasi. Film to‘rtta “Oskar” va boshqa ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lganiga qaramay, tomoshabinlar baribir kamchilik topgan.

Gap shundaki, Jennifer Konnelli va Rassell Krouni “qaritish” uchun ishlatilgan makiyaj g‘ayritabiiy ko‘rinishga ega edi.

Skarlett Yoxansson, “Kapitan Amerika-2”

Foto: AdMe

Skarlett Yoxansson Qora beva rolini a’lo darajada o‘ynaydi, lekin tomoshabinlarga uning makiyaji yoqmagan, obraz juda sun’iy chiqqan. Ehtimol, bunday ko‘rinishga suratga olish maydonchasidagi yorug‘lik sabab bo‘lgandir. Ehtimol, vizajist to‘g‘ri rang tanlashda adashgandir, chunki hayotda Skarlett juda chiroyli ko‘rinadi.

Jozef Gordon-Levitt, “Vaqt sirtmog‘i”

Foto: AdMe

Rayan Jonsonning vaqtlararo sayohat haqidagi ilmiy-fantastik filmi. Jozef Gordon-Levitt 25 yoshli yigitni, Bryus Uillis esa kelajakdagi uni o‘ynaydi. Ba’zi tomoshabinlar vizajistlar aktyorlarni biroz o‘xshata olmaganliklarini va hatto Jozefning yoshini katta qilib yuborishganini ta’kidlaydi.

Xyu Grant, “Bulutli atlas”

Foto: AdMe

Film 6 hikoyadan iborat bo‘lib, unda bir xil aktyorlar turli sujetlarda bir nechta personajlarni o‘ynaydi. Xyu Grant qariya Denxolm Kavendish obrazini gavdalantiradi. Biroq ba’zi tomoshabinlar keksa odamning yuzi tabiiy chiqmagan deb hisoblashgan.

Vaynona Rayder, “Edvard — qaychiqo‘l”

Foto: AdMe

Jonni Depp va Vaynona Rayder ishtirok etgan Tim Bertonning romantik-fantastik filmi. Umuman olganda, ijobiy sharhlarga qaramay, ba’zilar filmning bir sahnasida aktrisa juda tez va sezilarli darajada qarigan yosh qizga o‘xshab qolganini ta’kidlaydi.

Lea Tompson, “Kelajakka qaytib-2”

Foto: AdMe

“Kelajakka qaytib” ilmiy-fantastik trilogiyasining ikkinchi qismini rejissor Robert Zemekkis suratga olgan. Sujetga ko‘ra, bosh qahramonlar kelajakka vaqt mashinasida sayohat qiladi, u yerda qariganda uchrashishadi. Tomoshabinlar aktyor Maykl Jey Foks va aktrisa Li Tompson ekranda unchalik ishonarli ko‘rinmayotganini payqashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »