Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Priyanka Chopra ko‘p jihatlari uchun muhokama qilingan. U uzoq vaqt turmushga chiqmagani, eri o‘zidan 10 yosh kichikligi, surrogat onalikka murojaat qilgani uchun ko‘pchilikning e’tiroziga sababchi bo‘lgan. Biroq uning eri Priyankani shunchalik yaxshi ko‘radiki, hatto Otalar kunini ham o‘zining emas, balki rafiqasining bayrami deb hisoblaydi.

Foto: AdMe

Priyanka va Nik uchun ota-onalik yo‘li qiyin va mashaqqatli kechdi. 39 yoshli aktrisa surrogatlikka murojaat qilishga majbur bo‘ldi va, albatta, xeyterlar bu haqda keskin izoh berish imkoniyatini qo‘ldan boy berishmadi. Garchi u anchadan beri bunday tanqidlarga e’tibor bermay kelayotgan bo‘lsa-da, uzoq kutilgan qizi haqidagi gaplar uni juda xafa qilganini ochiqchasiga tan oladi.

“Nimalarni boshdan kechirganimni bilmaysiz. O‘zimning yoki qizimning kasallik tarixini e’lon qilishni xohlamasligim boshqalarga qandaydir sabablarni o‘ylab topishga huquq bermaydi”.

Foto: AdMe

Chaqaloq Malti dastlabki 100 kunini yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning intensiv terapiya bo‘limida o‘tkazdi. Nihoyat qizaloqqa uyga ruxsat berishganida esa Nik xotiniga bu mashaqqatli yo‘lni birga bosib o‘tganliklari uchun minnatdorlik so‘zlarini yozdi: “Sen aqlbovar qilmaydigan darajada ajoyib onasan”.

Bir yil o‘tgach, Nik ham Priyankani hayratda qoldiradi. Onalar kunida rafiqasi uning dunyosini tom ma’noda yoritayotganini ta’kidlaydi.

Priyankaning o‘zi ham eriga bo‘lgan muhabbatini tan oladi. “Erim — eng katta himoyachim. Oilam esa eng katta kuchimdir”.
Foto: AdMe

Bu yil Nik xotinini nafaqat ,Onalar kuni, balki Otalar kuni bilan ham tabriklashga qaror qildi. Qo‘shiqchi Priyanka bu bayramlarga o‘zidan ko‘ra ko‘proq loyiq, deb hisoblaydi. Shuning uchun u ikkala bayramni ham rafiqasining onalik muhabbatiga atadi.

“Biz otalar, ajoyib ayollarimizsiz hech qachon ota bo‘lolmas edik. Axir ular ota-onalik orzusini ro‘yobga chiqaradilar”.
Foto: AdMe

Aytgancha, Nikni bunday qarorga kelishiga o‘z otasi ilhomlantirgan. Qo‘shiqchi bu haqda shunday deydi: “Dadam Otalar kunida boshqalarni sevishini his qilish uchun ajoyib ish qildi va men undan o‘rnak olishga harakat qilaman”.

Nikning so‘nggi albomida chaqaloq Malti va guruhdoshlarining qizlariga bag‘ishlangan juda ta’sirli qo‘shiq o‘rin olgan.

“Bu, ehtimol, bizning eng shaxsiy qo‘shig‘imizdir. Unda biz otalik haqida gapiramiz va hammamizning qizlarimiz bor. Shunday qilib, biz dunyodagi eng muhim narsa haqida gapiramiz: qanday ota-ona bo‘lish kerakligi haqida”

Foto: AdMe

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »