Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov boshchiligidagi harbiy delegatsiya Qozog‘istonning “Oymasha” poligonida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston va Qozog‘iston Qurolli kuchlari maxsus bo‘linmalari hamkorligidagi maxsus-taktik o‘quvlarini bevosita kuzatdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, har ikki davlatning mudofaa vazirlari harbiy poligon bo‘ylab harbiy xizmatchilarning 10 dan ortiq o‘quv nuqtalarida o‘tkazayotgan maxsus-taktik o‘quvlarini kuzatgan, bevosita unda ishtirok etdi va jangovar qurollardan o‘q uzgan.

O‘quv rejasiga muvofiq, harbiy xizmatchilar tezkor kuch va vositalar bilan hamkorlikda shartli dushmanni yakson etish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirgan. O‘quvlar davomida maxsus bo‘linmalar uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalangan holda razvedka-qidiruv harakatlarini olib borgan. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shu bilan birga, O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Aqtau shahrida joylashgan harbiy qismdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishgan, dengiz flotidagi qo‘shinlarning kemani qo‘lga olish va hujum qilish bo‘yicha taktik mashg‘ulotlarini kuzatgan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
“Mashg‘ulotlar yakunida mudofaa vazirlari harbiy xizmatchilarning jangovar qobiliyatlarini yuqori baholab, har ikki davlatning harbiy xizmatchilariga jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun ko‘krak nishonlarini topshirdi”, — deyiladi xabarda.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

May oyida Toshkent harbiy okrugining “Angren” dala o‘quv maydonida O‘zbekiston va Qozog‘iston Qurolli kuchlari maxsus bo‘linmalari hamkorligidagi “Qalqon-2023” maxsus-taktik o‘quvlarining asosiy fazasi bo‘lib o‘tgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »