Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kolumbiya okrugi federal sudyasi Tanya Chatken AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga 2021-yil yanvarida Kapitoliyga uyushtirilgan bosqin ishi bo‘yicha ba’zi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishni taqiqladi, deb yozmoqda The New York Times.

Foto: Twitter (X)
“Tomonlar yoki ularning advokatlari beradigan noaniq bayonotlar guvohlarni qo‘rqitish yoki potensial sud hay’ati a’zolariga zarar yetkazish maqsadida talqin qilingudek bo‘lsa, jarayonga xavf tug‘dirishi mumkin”, — dedi sudya.

Ogohlantirish bir yarim soat davom etgan majlis doirasida e’lon qilindi, unda tomonlar ruxsat etilgan ma’lumotlarni oshkor qilish ko‘lamini muhokama qildi – bu shunday jinoiy ishlarda odatiy hol, deb yozadi nashr. 

Sudya: Trampga cheklovlar boshqa ayblanuvchilarniki bilan bir xil bo‘ladi 

Reuters xabariga ko‘ra, prokurorlarning e’tirozlariga qaramay, sudya Trampga ba’zi maxfiy bo‘lmagan materiallarni ulashishga ruxsat bergan. Prokurorlar Tramp maxfiy dalillar tafsilotlaridan guvohlarni qo‘rqitish uchun foydalanishi mumkinligini ta’kidladi va buni sobiq prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi postlari bilan izohladi. 

“U jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchi. U ham boshqa sudlanuvchilar kabi cheklovlarga ega bo‘ladi. Bu ish odatdagidek davom etmoqda. Ayblanuvchining siyosiy kampaniyada ishtirok etishi unga ko‘proq yoki kamroq harakat erkinligini bermaydi” , — deb xulosa qildi Chatken. 

Trampga uchta alohida ish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan

Majlisda ko‘rib chiqilgan ayblovlarni maxsus prokuror Jek Smit avgust oyining boshida ilgari surgandi. Sobiq prezident 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilishga urinishda ayblangan. U fuqarolarning huquqlarini buzish, hukumatni aldash maqsadida til biriktirish, rasmiy tartib-qoidalarga to‘sqinlik qilishda ayblanmoqda. 

Ayblov versiyasiga ko‘ra, 2021-yilning 6-yanvarida Tramp va uning sheriklari prezidentlik saylovlaridagi soxtalashtirishlar haqida yolg‘on bayonot tarqatish, shuningdek, zo‘ravonlik va tartibsizliklarni keltirib chiqarishga undash orqali rasmiy ovoz berish natijalarini bekor qilishga uringan. Maxsus maslahatchi Jek Smitga ko‘ra, aynan Trampning yolg‘onlari Kapitoliyga hujumga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Bu Trampga qo‘yilgan uchta ayblovdan biridir. Bundan tashqari, sobiq prezident aktrisa Stormi Deniyelsga aloqalari haqida sukut saqlashi uchun pul to‘laganini yashirganlikda va o‘z qarorgohida maxfiy hujjatlarni noto‘g‘ri saqlaganlikda ayblangan. Tramp barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »