Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida “S.L.” va “Q.T.” MCHJ norasmiy rahbari U.J. va boshqalar tijorat banki xizmatlar markazidan “S.L.” MCHJga limonchilik uchun issiqxona qurish maqsadida ajratilgan kreditni “Q.T.” MCHJga o‘tkazgani aniqlangan. Ular amalda zamonaviy issiqxona tashkil etmasdan, soxta hujjatlar orqali ushbu mablag‘ni lizing to‘lovlari va boshqa maqsadlarga yo‘naltirish orqali jami 1 million dollarlik mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Shu kabi, departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.A.” XK masʼul shaxslari va boshqalar tijorat banki filialidan xususiy korxonaga ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish maqsadida ajratilgan 912 million so‘m kreditni boshqa MCHJning hisob raqamiga o‘tkazib, naqdlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Qoratol” MFY bo‘yicha sobiq hokim yordamchisi Sh.A. 18 nafar fuqaro nomiga chorvachilik va qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali jami 571,3 million so‘mni naqdlashtirib olgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kredit mablag‘larining o‘zlashtirilishi

Fevral oxirlarida Surxondaryo viloyatining Oltinsoy va Termiz tumanlarida 11 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlangandi. May oyida esa Surxondaryo va Farg‘onada oilaviy korxonalar rahbarlari 1,2 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlarni talon-toroj qilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda davlat dasturi doirasida ajratilgan kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »