Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan 1—10-avgust kunlari davomida jami 16 449 ta qoidabuzarik aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, aniqlangan holatlarning 5 888 tasi qo‘pol qoidabuzarliklardir. Jumladan:

  • transport vositalarini mast holda boshqarish — 91 ta;
  • transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqarish — 714 ta;
  • transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi — 379 ta;
  • svetofor talablariga rioya qilmaslik — 213 ta;
  • odam tashish qoidasini buzish — 511 ta;
  • quvib o‘tish qoidasini buzish — 197 ta;
  • avariya holatini yuzaga keltirish — 34 ta;
  • IIOlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik — 50 ta.

Shu bilan birga, 3 599 nafar qoidabuzar piyodaga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mazkur davr davomida 35 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, shundan 28 tasi piyodalar bilan bog‘liq.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB hamda YHXB xodimlari tomonidan 22 ta giyohvandlik vositalari, 198 ta sovuq qurol va 3 ta pnevmatik qurol bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarga chek qo‘yilgan.

Piyodalar bilan bog‘liq YTHlar

Iyul oxirlarida Toshkentning Yakkasaroy tumanida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda avtobus urib yuborishidan vafot etgandi. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi yonidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. Damas avtomashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. YTH natijasida tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Iyun oyida bo‘lsa Toshkent viloyati Qibray tumanida mast haydovchi “VAZ-2106” (“Jiguli”) bilan uch nafar bolani urib yuborgan va jabrlanuvchilardan biri vafot etgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »