Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 224 mingga yaqin artilleriya o‘qlarini yetkazib berdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rasmiy vakili Piter Stano ma’lum qildi, deb yozadi “Frans Press”.

“Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar 223,8 mingga yaqin artilleriya o‘q-dorilarini — uzoq masofaga uchuvchi, aniq boshqariladigan o‘q-dorilar, shuningdek, minomyot o‘q-dorilari va barcha turdagi 2300 ta raketalarni yetkazib berdi”, — dedi u.

Foto: Reuters

Avvalroq Polsha prezidenti Anjey Duda Ukraina urushni o‘z foydasiga o‘zgartirish uchun ittifoqchilardan yetarlicha qurol olmaganini aytgandi.

“Ukraina uzoq masofaga uchuvchi artilleriya bilan ta’minlangan — shu kungacha ular yetkazib berilmoqda. Hatto Ukraina hozir Rossiyaga qaraganda zamonaviyroq harbiy salohiyatga ega, desa bo‘ladi.
Savol shuki, Ukrainada urush to‘lqinini o‘z foydasiga burish uchun yetarlicha qurol bormi? Ehtimol, yo‘q. Ular yetarli qurolga ega emas. Biz buni hozirda ular rus armiyasiga qarshi ishonchli qarshi hujumga o‘ta olmayotganidan bilamiz. Qisqasi, ularga ko‘proq yordam kerak”, — degandi Anjey Duda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »