Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Ulug‘bek Egamov raisligida Afg‘oniston Islom Amirligi Oziq-ovqat va dori-darmon milliy idorasi (AFDA) raisi doktor Abdul Bori Umar bilan onlayn muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining xabar qilishicha, yig‘ilishda O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlari Osiyo davlatlariga eksport qilinayotgani, Afg‘onistonning farmatsevtika korxonalarini O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni ishga tushirish borasidagi takliflar o‘rtaga tashlandi.

Xususan, Afg‘onistonda O‘zbekiston farmatsevtik mahsulotlari “Shouruming”i tashkil etilishi, O‘zbekiston farmatsevtik mahsulotlarini Afg‘onistonning tegishli idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilish muddatlarini qisqartirish, O‘zbekistondagi farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni Afg‘onistonning dori-darmon bo‘yicha davlat xaridlarida (tenderlarida) ishtirok etishi kabi takliflar bildirildi.

“Bundan tashqari, Afg‘onistoning farmatsevtika sohasida yirik distribyuterlari bilan uchrashib, O‘zbekiston farmatsevtik mahsulotlari nomenklaturasi bilan tanishtirish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bu borada ikki mamlakatning texnik ishchi guruhi tuzilishi takliflar o‘rtaga tashlandi. Bu orqali yaqindan axborot almashuvi hamda muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolash masalalari ham muhokama qilindi”, — deb qayd etilgan agentlik xabarida.

Muzokaralar doirasida O‘zbekiston farmatsevtika sohasi rivojlanishi bilan yaqindan tanishish uchun Afg‘oniston Islom Amirligi Oziq-ovqat va dori-darmon milliy idorasi raisi doktor Abdul Bori Umar O‘zbekistonga taklif qilingan.

Shuningdek, Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston korxonalari ishlab chiqargan farmatsevtika mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari, O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari va davlat korxonalari Afg‘oniston tenderlarida ishtirok etishi yuzasidan muammolar yo‘qligi, mamlakatlar tadbirkorlari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida barcha zarur choralar ko‘rilishi masalalariga ham alohida to‘xtalgan.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Afg‘oniston Islom davlatining texnik ishchi guruhi tuzilishiga oid taklif qo‘llab-quvvatlandi va uning tarkibini tez kunlarda tasdiqlash hamda taqdim etishga kelishilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »