Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon banki ishtirokida “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Hujjat 2030-yilgacha O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash dasturiga muvofiq milliy iqtisodiyot, xususan, sanoatning kam uglerodli rivojlanishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

“Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash” (iCRAFT) loyihasini amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan O‘zbekistonga 46,25 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi ma’qullangan. Loyiha:

  • 20 million AQSH dollari miqdoridagi moliyalashtirish hajmiga ega “Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi” komponentidan;
  • 25 million AQSH dollari miqdoridagi moliyalashtirish hajmiga ega “Oqibatlarni yumshatish natijalarini sotib olish shartnomasi” komponentidan iborat.

Loyiha doirasida 1,25 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar Jahon banki orqali O‘zbekiston nomidan Moslashish va emissiyalarni qisqartirish global jamg‘armasiga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.

2 millon AQSH dollari miqdoridagi qo‘shimcha texnik ko‘mak sifatida ajratiladigan mablag‘lar institutsional salohiyatni rivojlantirish hamda issiqxona gazlari emissiyasini nazorat qilish infratuzilmasini yaratish (issiqxona gazlari reyestrini yaratish, monitoring, hisobot va tekshirish (MRV) tizimini ishlab chiqish) ishlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Loyiha 2023–2028-yillar davomida respublika miqyosida amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida uglerod emissiyalarini qisqartirish va energiya resurslarini iqtisod qilish maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti sohasidagi tarif siyosati bosqichma-bosqich takomillashtiriladi.

Bunda “Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi” komponenti doirasida kamaytirilgan 1 tonna uglerod emissiyasi bo‘yicha kelishilgan narx 15 AQSH dollarini, “Oqibatlarni yumshatish natijalarini sotib olish shartnomasi” komponenti doirasida kamaytirilgan 1 tonna uglerod emissiyasi bo‘yicha kelishilgan narx 30 AQSH dollarini tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »