Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahridagi yo‘l o‘tkazgich qurish obyektida uzunligi 42 metrlik 5 dona balka (betonli to‘sin) temiryo‘l ustiga qulab tushdi. Voqea ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

Foto: Telegram

To‘sin quladi

Joriy yilning 12-avgust kuni poytaxtning Bobur ko‘chasidan Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi va Sodiq Tolipov ko‘chasiga chiqish va tushishga imkon beruvchi yo‘l o‘tkazgich qurish jarayonida beshta to‘sin (balka) montaj joyidan temiryo‘l ustiga tushib ketgan. Qurilish “Ko‘prikqurilish” tresti UK tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lgan. Uzunligi 42 metrlik 5 dona balkalar qulab tushgani oqibatida 2 milliard 760 million so‘mlik zarar yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan Transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 nafar mansabdor shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Transport prokuraturasi

“Yaxshiyam hozir qulabdi”

Jurnalist Shuhrat Shokirjonov Telegramdagi kanalida voqea haqida fikr bildirib, to‘sin qulashiga boshqa bir necha sabablar bo‘lishi mumkinligini yozdi.

“Balka bunaqa qulashi uchun u yo standartdan kaltaroq ishlab chiqarilgan bo‘lishi yoki ichidagi armatura bilan jihozlanishi meʼyorida bo‘lmasligi kerak. Yo uni ko‘tarib joyiga o‘rnatayotganda kranning trosi uzilib, balka tushib ketishi kerak (anavilar shu variantni tanlashibdi). Lekin chochilib yer bilan bitta bo‘lib yotgan balkaning bir emas beshtaligi bu versiyaning zarariga xizmat qilmoqda. Menimcha, armatura va sementdan urishgan. Anuv qurayotgan temiryo‘lchilarning baxtiga, yaxshiyam hozir qulabdi. Bitgach, ustida moshinalar yurganda qulasa nima bo‘lardi”,—deb yozgan jurnalist.

“Qo‘rqaman”

Iqtisodchi Otabek Bakirov yangi qurilgan ko‘priklarda harakatlanishdan qo‘rqishini, chunki ularning sifatiga ishonmasligini yozdi.

Otabek Bakirov
Foto: Markaziy bank
“Yangi davrda qurilgan ko‘priklarning ostidan ham, ustidan ham o‘tishga qo‘rqaman. Yer usti metrosiga nisbatan fobiyam hali ham yo‘qolmagan. Loyiha qanday tuziladi va yasaladi, buyurtmachi kim, pudratchi, subpudratchi, yetkazib beruvchilar kim bilaman, bilmaganimda, balki shu qo‘rquvlar bo‘lmasmidi. Katta ehtimol va milliy anʼanaga ko‘ra, Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilsa kerak. The Departed filmida “menga o‘zimni o‘zim qidirib topishimni buyurishdi”, degan epizod borku, shu joyi esimga tushadi doim”, — deya fikr bildirgan u.

“Shunday qo‘pol xato ham bo‘ladimi”

Iqtisodchi Valijon To‘raqulovning yozishicha, bir emas naqd beshta yo‘l o‘tkazgich to‘sinining qulab tushishi qo‘pol xato sanaladi.

Valijon To‘raqulov
Foto: Yandex
“Yaxshiyam bu holat qurib bitkazilgandan keyin bo‘lmadi! Eʼtibor bering! Axir shunaqangi qo‘pol xato ham bo‘ladimi? Bittasi emas, 5 tasiya... Hali hech narsa yurmasdan turib, a? Armatura qo‘yilganmikan o‘zi deb o‘ylab qolasan kishi. Gujurot voqeasini eslaysizmi? Korrupsiya sababli qulagan ko‘prik oddiy soat ishlab chiqaradigan firmaga berib yuborilgani maʼlum bo‘lgan edi. Otabek akaning fobiyasi menikidan ham kattaroq ekan”, — deya fikr bildirgan iqtisodchi.

Bloger Aqida Hanum ham Facebook'dagi sahifasida mazkur voqeaga munosabat bildirdi.

“Sizlar biron narsa qurmanglar ekan. Hamma bildi ko‘prik qulaganini. Sardobani endi unutayotgandik. Aeroportga olib boruvchi yangi ko‘prik qulabdi. Yaxshiyam qurib bitkazilmagan, bo‘lmasa prezident, xukumat azolari yoki undanam yomoni boshqa davlat rahbari o‘tib ketayotganda nima bo‘lardi?! 1966-yilda Lal Baxadur Shastrini to‘satdan vafot etgani yetadi. Oddiy odamlar bo‘lsa bormi, baribir jim-jim bo‘lib ketadi”, — deb yozgan u.

Umuman olganda, ijtimoiy tarmoqlarning ko‘plab faollari mazkur voqea to‘g‘risida o‘z munosabatini bildirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »