Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston Rossiyani Markaziy Osiyodan Xitoyga tabiiy gaz yetkazib berish zanjirida o‘z taʼsirini kengaytirishga urinishdan ogohlantirdi. Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi tegishli bayonotni e’lon qildi.

Foto: Business Turkmenistan

Bayonotga Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiyning nutqi sabab bo‘ldi. Jumladan, Birichevskiy Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokidagi “uch tomonlama gaz ittifoqini” kengaytirishi mumkinligi va “boshqa davlatlar” ham bunga qiziqish bildirayotganini aytgandi.

“Qanday ‘kengayish imkoniyatlari’ haqida gap ketmoqda, qaysi ‘boshqa davlatlar’ unga qiziqish bildirmoqda, gaz sohasidagi “uch tomonlama hamkorlik” ortida, qoida tariqasida, nima turibdi? Rossiya diplomati ishlatadigan soddalashtirilgan til bunga javob bermaydi. Bu aniqlikni talab etadi, chunki bu boshqa davlatlarning, jumladan Turkmanistonning manfaatlariga ham ta’sir qiladi”, — dedi “Turkmangaz” davlat konserni raisi o‘rinbosari Mirad Archayev.

U Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekiston Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qilayotganini eslatdi.

“Xitoyga yetkazib beriladigan gaz hajmini taqsimlashning mavjud sxemasida Turkmaniston-Xitoy gaz quvuri loyihasi ishtirokchilari sonini kengaytirish rejalari mavjud emas”, — deya ta’kidladi Archayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlardan hech biri bu borada Ashxobod bilan maslahatlashmagan. 

“Bunday yondashuv Turkmaniston tomoni uchun tushunarsiz va qabul qilib bo‘lmaydigan bo‘lib, mamlakatimiz tomonidan gaz sohasidagi xalqaro huquq normalari va amaliyotiga to‘g‘ri kelmaydigan deb baholanadi”, — dedi Archayev.

Rossiya Xitoyga gaz yetkazib berishda Turkmaniston bilan raqobatlashmoqda

2023-yil yanvarida Rossiya Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi. Rossiyadan Xitoyga gazoprovod va suyultirilgan gaz yetkazib berishning umumiy hajmi Turkmanistondan 2,2 milliard kub metrga nisbatan 2,7 milliard kub metrni tashkil etdi.

2023-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, Rossiya Xitoyga Turkmanistondan keyin ikkinchi yirik gaz yetkazib beruvchiga aylandi. 

“TASS”ning Xitoy bojxona maʼlumotlariga tayanib xabar berishicha, Rossiya 3,4 milliard dollar, Turkmaniston esa 5 milliard dollardan ortiq gaz sotgan.

“Uch tomonlama gaz ittifoqi”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev noyabr oxirida Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya gazini Qozog‘iston va O‘zbekiston hududi orqali tashish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston ishtirokida “uch tomonlama gaz ittifoqi”ni yaratish masalasini muhokama qilgandi.

“Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz sohasida, jumladan, gaz yetkazib berish va uni qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish uchun katta salohiyatga ega”, — degan Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak.

18-yanvar kuni esa “Gazprom” Qozog‘iston bilan 24-yanvar kuni O‘zbekiston bilan gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolagan

O‘z navbatida, O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov dekabr oyida O‘zbekiston qo‘shni davlatlardan gaz va elektr energiyasini qandaydir alyans yoki ittifoq orqali emas, balki tijorat shartnomalari asosida import qilish niyatida ekanini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »