Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH hukumati 345 million dollarlik harbiy yordam paketi doirasida Tayvanga to‘rtta MQ-9A razvedka dronlarini  bilan ta’minlaydi. Bu haqda Tayvan markaziy axborot agentligi harbiy manbaga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yetkazib berishning aniq muddati hozircha noma’lum, chunki AQSH mutaxassislari hozirda dronlardan eng ilg‘or uskunalarni demontaj qilishmoqda. Manba, shuningdek, yordam paketi o‘quv dasturlari va o‘q-dorilarni o‘z ichiga olishini ta’kidladi.

Biroq Tayvan mudofaa departamenti bu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortdi.

Foto: Reuters

Tayvanning Danszyan universiteti qoshidagi Strategik tadqiqotlar instituti dotsenti Lin Inyu MQ-9A dronlari Tayvanning razvedka qobiliyatini sezilarli darajada oshirishi mumkinligini ta’kidladi. Bundan tashqari, ular qabul qilingan ma’lumotlarni real vaqt rejimida sun’iy yo‘ldosh aloqasi orqali uzatish imkoniyatiga ega.

Tayvan avvalroq AQShdan 217 million dollar evaziga to‘rtta takomillashtirilgan MQ-9B SeaGuardian dronlariga buyurtma bergan edi. Shartnoma Donald Tramp ma’muriyati tomonidan ma’qullangan va yetkazib berish muddati 2025-yilda yakunlanishi belgilab qo‘yilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »