Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyatidagi Damas transport vositalari ishtirokida sodir bo‘lgan ikki yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Kadr: YouTube

Qayd etilishicha, Farg‘ona tumanida Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ariqqa tushib ketgan. Oqibatda avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilardan biri jarohat olib, halok bo‘lgan.

Shuningdek, O‘zbekiston tumanida esa 4R-147 avtomobil yo‘lining 69-kilometrida Damas haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi tarafiga o‘tib, “VAZ-2106” avtomobili bilan to‘qnashgan. Hodisa oqibatida 14 yoshli Damas yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan.

Bundan oldin Navoiyda ikkita “muravey” ishtirokidagi YTHda yo‘lovchi vafot etgandi.

Oxirgi vaqtlarda sodir bo‘lgan YTHlar

Bundan oldin Toshkentning Uchtepa tumanida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani, Samarqandda yigit tog‘asining mashinasini olib qochib, 4 ta avtomobil bilan to‘qnashgani, O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi yonidagi piyodalar o‘tish joyida Damas ayolni urib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »