Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Energetika vazirligi Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz sanoatidagi uch tomonlama hamkorlik haqidagi maʼlumotga izoh berdi. Bu haqda Ulysmedia.kz xabar berdi.

Foto: inbusiness.kz

Energetika vazirligining ta’kidlashicha, “gaz ittifoqi”ni yaratish tashabbusi Rossiya tomonidan 2022-yil noyabrida e’lon qilingan.

  • “Na Rossiya, na O‘zbekiston tomonidan bu borada rasmiy takliflar bo‘lgan. Mazkur davlatlar bilan gaz sohasida hamkorlik ikki tomonlama formatda o‘zaro manfaatli sheriklik asosida amalga oshirilmoqda”, — deydi Qozog‘iston Energetika vazirligi rasmiy vakili Shingis Ilyasov.

Vazirlik Qozog‘iston gaz transporti tizimi Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilish uchun imkoniyatlarga ega ekanini ta’kidlaydi.

“Shuni inobatga olib, Qozog‘iston hukumati va ‘Gazprom’ o‘rtasida Rossiya gazini O‘zbekistonga tashish uchun ‘Markaziy Osiyo – Markaz’ magistral gaz quvurini tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
Bugungi kunda Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga olib o‘tish uchun ‘Markaziy Osiyo – Markaz’ gaz quvurining Qozog‘iston qismini texnik jihatdan tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, bu 1-oktabrda yakunlanishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil yanvarida Qozog‘iston va O‘zbekiston energetika vazirliklari “Gazprom” bilan hamkorlik rejasini imzolagan.

O‘z navbatida, O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov dekabr oyida O‘zbekiston qo‘shni davlatlardan gaz va elektr energiyasini qandaydir alyans yoki ittifoq orqali emas, balki tijorat shartnomalari asosida import qilish niyatida ekanini aytgandi.

Rossiya “gaz ittifoqi”ga boshqa davlatlar ham qo‘shilishi mumkinligini bildirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiy Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokidagi “uch tomonlama gaz ittifoqini” kengaytirishi mumkinligi va “boshqa davlatlar” ham bunga qiziqish bildirayotganini aytdi.

Turkmaniston bundan xavotirlandi

“Qanday ‘kengayish imkoniyatlari’ haqida gap ketmoqda, qaysi ‘boshqa davlatlar’ unga qiziqish bildirmoqda, gaz sohasidagi ‘uch tomonlama hamkorlik’ ortida, qoida tariqasida, nima turibdi? Bu aniqlikni talab etadi, chunki bu boshqa davlatlarning, jumladan Turkmanistonning manfaatlariga ham ta’sir qiladi”, — dedi “Turkmangaz” davlat konserni raisi o‘rinbosari Mirad Archayev.

U Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekiston Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qilayotganini eslatdi va Rossiyani Markaziy Osiyodan Xitoyga tabiiy gaz yetkazib berish zanjirida o‘z taʼsirini kengaytirishga urinishdan ogohlantirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »