Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iyul oyi oxirida Nigerda davlat to‘ntarishini amalga oshirgan harbiy xunta rahbariyati hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Muhammad Bazumni “sudga tortish” niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda harbiylar tomonidan tuzilgan Vatan mudofaasi bo‘yicha milliy kengash vakili, katta polkovnik Amadu Abdraman Niger milliy televideniyesida ma’lum qildi.

Foto: AP Photo

Xunta vakilining so‘zlariga ko‘ra, tergovda Bazum hamda uning “mahalliy va xorijiy sheriklarini vatanga xiyonat qilgani, shuningdek, Nigerning ichki va tashqi xavfsizligiga putur yetkazgani bo‘yicha” vakolatli milliy va xalqaro organlar oldida javobgarlikka tortish uchun yetarli dalillarni to‘plashga muvaffaq bo‘lingan.

Ushbu bayonotida Abdraman, to‘ntarishdan so‘ng G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati (ECOWAS) tomonidan Nigerga nisbatan qo‘ygan sanksiyalarni qoralab, ularni “noqonuniy, g‘ayriinsoniy va kamsituvchi” deb atadi.

Vositachilar delegatsiyasi rahbari: xunta muzokaralarga tayyor

ECOWAS va Nigerdagi harbiylar o‘rtasida vositachilik qilayotgan Nigeriya musulmon diniy yetakchilar delegatsiyasi rahbari shayx Bala Launing ma’lum qilishicha, Vatan mudofaasi bo‘yicha milliy kengash rahbari Abdurahmon Tchiani harbiy xunta va ECOWAS bloki o‘rtasidagi qarama-qarshilikni diplomatik yo‘l bilan hal etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. 12-avgust kuni delegatsiya Niger poyataxti Niameyga tashrif buyurib, u yerda rejim vakillari bilan uchrashgan.

Launing so‘zlariga ko‘ra, Tchiani “to‘ntarish yaxshi niyat bilan” amalga oshirilgani, harbiylar “ham Niger, ham Nigeriyaga yaqinlashib kelayotgan tahdidning oldini olishga” uringanini aytgan.

Avvalroq harbiylar ECOWAS delegatsiyasini Nigerga kiritmagan edi. Xunta vakillari muzokarachilar xavfsizligini ta’minlay olmasligini aytgan. Shunga qaramay, ECOWAS parlamenti xunta bilan uchrashish uchun yangi vositachilar delegatsiyasini shakllantirishga chaqirgan.

Nigerda harbiy to‘ntarish

Nigerda 26-iyul kuni harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi. Prezident gvardiyasi davlat rahbari Muhammad Bazumni hokimiyatdan chetlatdi. Ikki kundan so‘ng prezident gvardiyasi boshlig‘i general Abdurahmon Tchiani o‘zini yangi davlat rahbari deb e’lon qildi.

ECOWAS mamlakatlari Nigerga harbiylarni kiritishga tayyorligini e’lon qildi. Bunga javoban davlat to‘ntarishlari natijasida hokimiyatga kelgan harbiylar tomonidan boshqariladigan Mali va Burkina-Faso “Niger ishlariga har qanday harbiy aralashuv ularga qarshi urush eʼlon qilish bilan barobar bo‘lishini” bildirdi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »