Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi arman tomonini harbiy texnika va qurollarni umumiy chegarada jamlaganlikda aybladi, Yerevan bu ayblovlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Global Look Press

Ozarbayjon TIVga ko‘ra, so‘nggi kunlarda davlat chegarasida “navbatdagi harbiy avantyurani amalga oshirish” maqsadida Armaniston Qurolli kuchlarining ko‘p sonli qurol-yarog‘, harbiy texnika va shaxsiy tarkibi to‘plangan.

“Armaniston tomonidan Ozarbayjon suveren hududlarida noqonuniy joylashtirilgan radioelektron urush uskunalaridan foydalanish alohida tashvish uyg‘otadi. So‘nggi haftalarda ‘Ozarbayjon havo yo‘llari’ aviakompaniyasining fuqarolik samolyotlari bilan bir qatorda xorijiy davlatlarning aviatexnikalari ham xavfsizlikka jiddiy tahdid soluvchi radioelektron shovqinlarga duchor bo‘ldi”, — dedi Ozarbayjon TIV.

Armaniston nima demoqda?

O‘z navbatida Armaniston Mudofaa vazirligi mazkur bayonotni rad etdi. 

“Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining Armaniston chegarasida ko‘p sonli qurol-yarog‘, harbiy texnika va shaxsiy tarkibni to‘plagani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Bundan tashqari, vazirlik Armanistonning Tog‘li Qorabog‘da qo‘shinlari yo‘qligini qayd etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »