Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozarbayjon Turkmaniston gazini Eron orqali sotib olish hajmini bir yarim barobardan ko‘proqqa oshirdi, dedi Eronning Ashxoboddagi elchisi G‘ulom Abbos Arbob Xoles.

Foto: Sputnik
“Turkman gazini Eron hududi orqali yetkazib berishga kelsak, shartnomalarimizni ko‘rib chiqishimiz kerak. Lekin kelishuvlarga ko‘ra, Ozarbayjonga kuniga 4,5–5 million kub metr yetkazib beramiz. Hozir ayirboshlash hajmi 7–7,5 million kub metrgacha oshirildi”, — deya diplomatning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “TASS” agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda ayirboshlash salohiyati kuniga 20 million kub metr gazni tashkil etadi.

Mahalliy mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, gaz yetkazib berish 2022-yilda uch tomonlama kelishuv asosida boshlangan. Ochiq shartnomaga ko‘ra, Eron Ozarbayjonning Astara shahriga yetkazib berishi uchun Turkmanistonning Seraxs shahridan yiliga 3,0–4,0 milliard kub metrgacha bo‘lgan hajmda gaz olishi mumkin.

Ushbu tranzit xizmatlari Eronning milliy gaz resurslaridan uzoqda joylashgan Rezaviy, Shimoliy va Janubiy Xuroson, Guliston va Semnan kabi viloyatlarini tabiiy gaz bilan ta’minlashga yordam beradi.

Eziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »