Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Boks — jang san’atining eng qadimiy turlaridan biri bo‘lib, oddiy ko‘ngilochar o‘yinlardan professional sport turigacha bo‘lgan uzoq yo‘lni bosib o‘tgan. U 1904-yilda Olimpiya o‘yinlari dasturida paydo bo‘lgan, o‘shandan buyon uning deyarli barcha narsalari o‘zgargan — faqatgina jang qilish uchun maydonning shakli bundan mustasno.

Lekin u aslida kvadrat ko‘rinishida bo‘lsa, nega biz uni ring deb ataymiz?

Ilgari janglar aylana ko‘rinishidagi maydonda o‘tkazilgan, bokschining o‘limidan so‘ng barchasi o‘zgargan

Mushtlashuvlar insoniyatga qadim zamonlardan beri ma’lum. Jang sahnalarining ilk tasvirlari Shumer g‘orlaridan topilgan, qoyatosh rasmlari esa ming yillar oldin yaratilgan. Zamonaviy boksning ilk ajdodlari Mesopotamiyadan Misr hududiga, u yerdan esa Qadimgi Yunonistonga o‘tgan deb hisoblanadi. Aynan o‘sha yerda mushtlashuv janglari alohida mashhurlikka erishgan. 

Keyin janglar to‘g‘ridan to‘g‘ri yerga chiqilgan doira markazida o‘tkaziladigan bo‘lgan — undan tashqariga chiqish qat’iyan taqiqlangan. Ba’zida janglar uchun maydon arqon bilan o‘ralgan, lekin ko‘pincha tomoshabinlarning o‘zi jangchilar atrofida halqa hosil qilgan. 

Bu shakldagi boks XVIII asrga qadar mavjud bo‘lib, undan so‘ng ingliz sportchisi Jek Broton jang qoidalarini mustaqil ravishda o‘zgartirishga qaror qilgan. 

Brotonning raqiblaridan biri jangdan so‘ng vafot etgach, ushbu fojia boks uchun aniq reglament ishlab chiqishga undadi. Broton qoidalar to‘plami bo‘yicha ishni 1743-yilda yakunladi — u yetti banddan iborat bo‘lib, eng birinchisi ringning shakli bilan bog‘liq edi. 

Brotonga tomoshabinlarning jangga aralashishi va natijaga ta’sir qilishi yoqmasdi — atrofdagi odamlar emotsiyaga berilgan vaqtda bokschilarni turtib yuborgan va ba’zan ularni musht bilan urgan ham. 

Shu sababli Jek janglarni maydonlarda o‘tkazishni va u doira shaklida emas, kvadrat shaklida bo‘lishini taklif qiladi. Unga ko‘ra, bokschilar ring burchaklarida nafas rostlab olishiga ham imkon bo‘ladi. Brotonning g‘oyalarini hamma ham yaxshi qabul qilmagan, shuning uchun yangi qoidalarni joriy qilish jarayoni 100 yildan ortiq vaqt davom etdi va faqatgina 1867-yilda yakunlandi — Kvinsberri Markiz Jon Sholto Duglas ularni nihoyat mustahkamlanishiga yordam bergan. 

Uning xizmatlari evaziga ilk kvadrat ring paydo bo‘lgan. 

Shundan buyon ring kvadrat shaklida bo‘lgan — bu qoidalar bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Hozirda uning hajmini tashkilotlarning o‘zi belgilaydi

Tasdiqlangan qoidalarga ko‘ra, janglar tomonlari 24 fut — yetti metrdan sal ko‘proq bo‘lgan to‘rtburchak maydonda o‘tkazilishi lozim edi. Ringning perimetri bo‘ylab ikkita arqon tortilgan va ringga chiqish bo‘yicha (podium) esa qoidalar belgilanmagan. O‘shandan buyon boks sanoati juda jiddiy o‘zgarishlarga uchragan, ammo ringning o‘zida o‘zgarishlar kamroq bo‘lgan. 

Zamonaviy jang maydoni avvalgilaridan kichikroq hajmda bo‘lsa-da, har bir tashkilot aniq o‘lchamlarni o‘zi belgilaydi. Endi ring maxsus o‘ramlarga ega to‘rt qator arqon bilan o‘ralgan — ular bokschilarning jarohat olish xavfini minimallashtirishga yordam beradi. Shuningdek, ringning yuzasi yumshoq bo‘lishi lozim.  

Aylana shaklidagi maydonlar o‘tmishda qolib ketgan bo‘lsa-da, “ring” atamasi hamon ishlatiladi. U boks paydo bo‘lgan davrdan buyon mavjud bo‘lib, yuz yillar davomida uning ajralmas qismiga aylangan. “Ring” — an’analarga hurmat belgisi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »