Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Havo hujumidan mudofaa kuchlari 14-avgustga o‘tar kechasi Odessaga uchirilgan dron va raketalarning barchasini urib tushirdi, deb xabar bermoqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari matbuot xizmati.

Raketa va dron parchalari supermarketga tushib, yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: Telegram

Odessa viloyati harbiy boshqarmasi vakili Sergey Bratchukning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar kechasi Odessaga uch marta zarba bergan – avvaliga uchuvchisiz uchoqlar, keyin raketalar bilan. Unga ko‘ra, shahar markazi hujum nishoniga aylangan.

Hammasi bo‘lib Rossiya kuchlari 15 ta Shahed-136/131 kamikadze dronlari va sakkizta “Kalibr” qanotli raketalari bilan hujum qilgan. Dronlar Odessaga Krasnodar o‘lkasidagi Primorsko-Axtarsk shahridan, “Kalibr”lar esa Yalta viloyatida Qora dengizdagi Rossiya fregatidan otilgan.

Raketa va dron parchalari qulashi tufayli Odessaning bir qancha tumanlarida yong‘inlar sodir bo‘ldi. Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlarining “Janub” operativ qo‘mondonligi raketa parchalari o‘quv muassasalaridan birining yotoqxonasi va “Fozzi” supermarketiga zarar yetkazganini, bir nechta uylarning oynalari singanini, yaqin atrofda turgan mashinalarga ham zarar yetganini ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, supermarketning uch xodimi jarohatlangan.

Foto: Telegram
Foto: Telegram

18-iyuldan beri Rossiya qo‘shinlari Ukraina port infratuzilmasi obyektlariga, jumladan, Odessaga hujum qilmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi buni Qrim ko‘prigidagi portlash uchun “qasos” deb atamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »