Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Qibray tumanida onasining Spark mashinasida YTHga uchragan yigit halok bo‘ldi, deb xabar beradi viloyat IIBB YHXB axborot xizmati.

Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 11-avgust kuni soat taxminan 15:00 larda Qibray tumani hududidan o‘tgan 4R6 Toshkent—Chirchik—Chimyon avtomobil yo‘lining 10-kilometrida 18 yoshli M.Z. (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) onasiga tegishli bo‘lgan Spark rusumli transport vositasini boshqargan. U Toshkent—Chirchiq yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘lning xavfli burilish qismida (ogohlantiruvchi yo‘l belgilari mavjud) rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

YTH oqibatida haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtomobilning old o‘rindig‘ida bo‘lgan 18 yoshli yo‘lovchi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qibray tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oxirgi vaqtlarda sodir bo‘lgan YTHlar

Bundan oldin Toshkentning Uchtepa tumanida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani, Samarqandda yigit tog‘asining mashinasini olib qochib, 4 ta avtomobil bilan to‘qnashgani, O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi yonidagi piyodalar o‘tish joyida Damas ayolni urib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, bir necha kun oldin Malibu-2 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda — 74 yoshli M.H.ni urib yuborgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »