Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Sergeli tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobus yo‘lovchilari bilan YTHga uchradi.

Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, poytaxt YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 14-avgust kuni soat 15:40 larda Sergeli tumani 4P-21 yo‘lining 5-kilometrida 1973-yilda tug‘ilgan I.B. Saz-Le 60 rusumli avtobusni boshqarib kelayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib qo‘ygan. So‘ngra beton ustunga borib urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida  avtobus haydovchisi — 1973-yilda tug‘ilgan I.B. va 3 nafar yo‘lovchilari:

  • 1983-yilda tug‘ilgan B.F;
  • 2021-yilda tug‘ilgan M.A;
  • 2012-yilda tug‘ilgan A.F.lar tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Shuningdek, “Daryo” holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati bilan ham bog‘landi. Unda avtobus Yangihayot tumani, THAY bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda, “Atlant” qurilish mollari do‘koni oldida avtobus bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan tirkamali yuk mashinasi avtobusning yo‘nalishiga xalaqit berishi natijasida, haydovchi avtobusni avval o‘ng tarafdagi “stolba”ga, so‘ng yo‘lni ajratuvchi betonli to‘siqqa urilgani aytilgan. 

“Toshshahartransxizmat”ning keltirishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobusdagi yo‘lovchilar jarohatlanmagan, haydovchi o‘ng oyoq tizza pastining lat yeyish tan jarohati bilan 16-sonli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga yuborilgan. Biroq YHXB uch nafar yo‘lovchi ham jabrlanganini ma’lum qilgan. Saz Le-60 rusumli avtobus texnik shikastlangan.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB JHH YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »