Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan video tarqaldi.

Foto: Videodan kadr

Holat 12-avgust kuni poytaxtning Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi va Sodiq Tolipov ko‘chasiga chiqish va tushishga imkon beruvchi yo‘l o‘tkazgichni zamonaviy qurilish standartlari asosida qayta qurish vaqtida sodir bo‘lgandi.

Holat aks etgan videoda to‘sinlarning bir qismi yuk mashinasini bosib qolganini ko‘rish mumkin.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” bergan ma’lumotga ko‘ra, temir-beton oraliq qurilmalarini (balka) kran yordamida montaj qilish jarayonida ehtiyotsizlik oqibatida bir-biriga urilib, 5 dona balka montaj joyidan tushib ketgan. Voqea natijasida hech kim jabrlanmagan

Transport prokuraturasi hodisa oqibatda 2 milliard 760 million so‘mlik zarar yetkazilganini ma’lum qildi. Jinoiy ish ochilib, uch nafar mansabdor gumonlanuvchi sifatida ushlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »