Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Insider nashri Gollivud aktyorlari va estrada yulduzlari o‘zlarining ilk yirik gonorarlarini nimaga sarflaganliklari haqida ma’lumot beradi.

Mett Deymon — onasiga muolaja kursi va akasiga mashina

Aktyorning hozirgi boyligi: 170 million dollar

Foto: Getty Images

Deymon 1990-yilda “O‘g‘il — ko‘tarilayotgan yulduz” filmidagi roli uchun birinchi yirik gonorarini oladi — unga 25 ming dollar to‘langan.

“Men akamga mashina sotib oldim va onamning muolaja kursiga pul to‘ladim. Bu juda ajoyib tuyg‘u edi”, — deydi aktyor 2023-yil iyul oyida The Hollywood Reporter nashriga.

Killian Merfi — musiqa pleyeri

Aktyorning hozirgi boyligi: 20 million dollar

Foto: Getty Images

“Oppengeymer” filmida Deymon bilan birga rol o‘ynagan Killian Merfi The Hollywood Reporter gazetasiga bergan intervyusida o‘zining birinchi qimmat xaridi haqida gapirib berdi.

“Chunki o‘sha paytda plastinkalar hozirgi pleyerlardek zo‘r emas edi”, — deb tushuntiradi aktyor.

Bred Pitt — hashamatli mebel va stereo tizim

Aktyorning hozirgi boyligi: 400 million dollar

Foto: Getty Images

2012-yilda AD nashriga bergan intervyusida aktyor o‘zining birinchi katta maoshiga Craftsman brendi stulini va arxitektor Frank Lloyd Raytning stol lampasini sotib olganini aytadi. Ikkinchi gonorariga u stereo tizim sotib oladi.

Bugungi kunda Lloyd Rayt lampalarining narxi 2750 dollarga teng. Craftsman stullarini esa 1450-1695 dollarga sotib olish mumkin.

Nikol Kidman — ota-onasiga kir yuvish mashinasi va “eng zo‘r” etik

Aktrisaning boyligi: 22 million dollar

Foto: Getty Images

Aktrisa onasi va dadasiga kir yuvish mashinasini sovg‘a qiladi, keyin esa o‘ziga poyabzal sotib oladi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha etik “hayotida ko‘rgan eng zo‘r poyabzal” edi.

Rupert Grint — muzqaymoq sotadigan furgon

Aktyorning hozirgi boyligi: 50 million dollar

Foto: Getty Images
“Mening birinchi orzum muzqaymoq sotuvchisi bo‘lish edi, shuning uchun Bedford furgonini sotib olganman”, — deydi Ron rolini ijro etgan Garri Potter aktyori 2014-yilda Daily Mail nashriga.

U hatto ana shu mashinasida “Garri Potter” filmining suratga olish maydonchasiga muzqaymoq olib kelgan.

Jennifer Lopes — Mercedes

Xonandaning hozirgi boyligi: 400 million dollar

Foto: Getty Images

Birinchi yirik shartnomadan so‘ng qo‘shiqchi Mercedes avtomobilini sotib oladi, undan oldin Jey Lo Honda haydagan.

“Bu katta xarid edi. Avtosalonga borganimizda yig‘lab yuborgandim”, deb eslaydi qo‘shiqchi va aktrisa.

Jorj Kluni — do‘stining buvisi uchun televizor

Aktyorning hozirgi boyligi: 500 million dollar

Foto: Getty Images

Aktyorlik karyerasining boshida Kluni buvisi bilan turadigan do‘stining kvartirasida yashagan. Ko‘p pul topgach, do‘stining buvisini xursand qilishga qaror qiladi va unga pultli televizor olib beradi.

“Men masofadan boshqarish pulti bo‘lgan televizor sotib oldim, chunki u doimo turishi va kanalni o‘zgartirishi kerak edi”, deydi aktyor.

Kirsten Danst — onasi uchun uy

Foto: EPA                                                                                                                       

Danst bolaligidanoq aktrisalik faoliyatini boshlagan. 12 yoshida mashhurlikka erishgan — 1994-yilda “Vampir bilan intervyu” filmida Tom Kruz va Bred Pitt bilan rol o‘ynagan.

“Men aktrisalikni juda erta boshlaganman, shuning uchun pulimni kollej uchun yig‘ardim. Keyin onamga uy sotib oldim ”, deydi Danst 2016-yilda The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »