Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya tarkibiga kiruvchi Dog‘iston Respublikasi poytaxti Maxachqal’ada 15-avgustga o‘tar kechasi “Globus” savdo markazi yaqinidagi avtoservis binosida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda shahar ma’muriyati.

Foto: Rossiya FVV

Shot Telegram kanaliga ko‘ra, portlashdan so‘ng yong‘in boshlangan va olov yonilg‘i quyish shoxobchasiga ham o‘tgan. Shu bilan birga, Dog‘iston rahbari Sergey Melikov portlash dastlab Maxachqal’a chekkasidagi yonilg‘i quyish shoxobchalaridan birida sodir bo‘lgani haqida yozdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan, ulardan uch nafari bolalar. Baza Telegram kanali voqea oqibatida 50 dan ortiq kishi jarohatlanganini yozdi, Shot ma’lumotlarida yaradorlar 70 ga yaqin odam ekani aytildi.

Mash kanali xabariga ko‘ra, yonilg‘i quyish shoxobchasidan chiqqan yong‘in yaqin atrofdagi uylarga ham o‘tgan. Aholi zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

Hozirgi vaqtga kelib yong‘in allaqachon o‘chirilgan, Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea joyida hududni tozalash ishlarini olib bormoqda.

Dog‘iston prokuraturasi hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan, portlash yuz bergan tumanda gaz ta’minoti uzib qo‘yilgan. Melikov portlashda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga tovon puli to‘lashga va’da berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »