Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gavayi arxipelagining Maui va Katta orollarida yirik o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq vaziyat asta-sekin barqarorlashmoqda: tabiiy yong‘in markazlarining aksariyati o‘rab olindi va tarqalishi nazorat qilinmoqda. Bu haqda AQSHning Gavayi shtati rasmiylari yong‘inlarga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishilganini ta’kidlab, ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Maui g‘arbidagi Laxayna shahri atrofida kuzatilayotgan, ayniqsa, kuchli yong‘in hozirda 90 foizga o‘rab olingan, ichkaridagi Kula shahri yaqinida esa yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

14-avgust kuni ertalabki holatga ko‘ra, 8-avgustdan beri orollarni qamrab olgan yong‘in qurbonlari 96 nafarga yetgani tasdiqlangan. 2 200 dan ortiq bino vayron bo‘lgan, ularning deyarli 90 foizi turar joy inshootlari. Yong‘in oqibatida 850 gektardan ortiq maydon yonib ketgan. AQSH matbuotiga ko‘ra, bu yong‘inlar so‘nggi 100 yil ichida AQSH tarixidagi eng dahshatli tabiiy ofatga aylandi. Favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha federal agentlik (FEMA) dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, birgina Laxaynani qayta tiklash 5,5 milliard dollarga tushadi.

Gavayidagi yong‘inlar: shok va yo‘qotishlar

FEMA 12-avgust kuni ma’lum qilishicha, hozirda o‘nga yaqin federal agentliklar yong‘indan jabrlanganlarga yordam berish ustida ishlamoqda. 150 kishi, jumladan, qidiruv-qutqaruv guruhlari allaqachon Mauida va yana ko‘plari yo‘lda, deya qo‘shimcha qildi agentlik. 

“Biz shok va yo‘qotish holatidamiz”, — dedi yakshanba kuni CNN telekanalida Gavayi shtatidan senator Mazi Xirono. Gavayi gubernatori Josh Grin rasmiylar yong‘in xavfi haqida odamlar kech xabardor qilingani masalasida birgalikda tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qildi. Reuters xabariga ko‘ra, trevoga signalini beruvchi sirenalar ishlamagan

Yong‘inlarning aniq sabablari haligacha noma’lum

Gavayi rasmiylariga ko‘ra, yong‘inlar arxipelagdan janubga qarab harakatlanayotgan “Dora” to‘foni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tezligi 130 kilometr/soatga yetgan kuchli shamol ta’sirida alanga tezda quruq o‘t va binolarga tarqalgan. Biroq yong‘inlarning aniq sabablari hozirgacha aniqlangani yo‘q. 

Qutqaruv ishlarini Laxayna shahrining shimoliy va janubiy qismlariga faqat katta kirish yo‘li orqali borish mumkinligi ham qiyinlashtirgan. Mahalliy energetika kompaniyasi ham elektr ta’minotini o‘z vaqtida o‘chirmagan. Yuqori voltli simlarning qulashi esa yangi yong‘inlarni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »