Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan xalqaro aloqalarni kengaytirish va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xitoy hukumati bilan hamkorlikda O‘zbekiston maktablarini kompyuter o‘quv uskunalari bilan jihozlash loyihasi yakunlandi.

Foto: Xitoy hukumati vakillari bilan “5-9-sinflarda chet tili va informatika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish” loyihasi doirasidagi uchrashuv 

Vazirlik boshqarma boshlig‘i Sanjar Tursunov “Daryo” nashriga bergan intervyusida mazkur loyiha to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Sanjar Tursunov
Xitoy bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “5-9-sinflarda chet tili va informatika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish” loyihasining umumiy qiymati 12 million dollarini tashkil etdi. O‘zlashtirilgan investitsiya mablag‘lari hisobidan 1 303 ta umumtaʼlim maktabi kompyuter o‘quv uskunalari bilan jihozlandi. Mazkur loyiha doirasida 20 848 ta kompyuter, 1 303 ta proyektor, elektron doska va printerlar O‘zbekistonga olib kelindi. Ayni paytda ushbu o‘quv uskunalarini respublikamizdagi umumtaʼlim maktablariga o‘rnatish ishlari davom etmoqda, — dedi vazirlik vakili.
Foto: “Daryo”

Shu bilan birga, vazirlik Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda 2 ta yirik loyihani amalga oshirmoqda.

Birinchisi, “Umumtaʼlim maktablarini kompyuter o‘quv jihozlari bilan jihozlash” loyihasi bo‘lib, uning umumiy qiymati 33 million dollarni tashkil etadi. Mazkur loyiha doirasida O‘zbekistondagi 3 810 ta maktab kompyuter o‘quv jihozlari bilan to‘liq jihozlandi. Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda amalga oshirilgan yana biri yirik loyiha, “Umumtaʼlim maktablaridagi fizika, kimyo, biologiya va informatika kabinetlarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan jihozlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” investitsiya loyihasi hisoblanadi. Uning umumiy qiymati — qiymati 140 million dollarga teng, — dedi mutaxassis.

Vazirlik vakilining bildirishicha, maktab tizimini rivojlantirish uchun bu kabi xalqaro hamkorlikdagi loyihalarni ko‘paytirish, taʼlimga yanada katta investitsiyalarni jalb qilish ishlari davom ettirilmoqda. Yaqin orqada yana bir qancha yangi loyihalar to‘g‘risida maʼlumot beriladi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, ayni paytda Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablarini kompyuter o‘quv jihozlari bilan jihozlash grant loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan”, — deydi Sanjar Tursunov.

Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida 1 million dollar grant mablag‘lari ajratiladi. Hozirda loyihaning tender hujjatlari ishlab chiqilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »