Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidentining farmoyishi bilan harbiy sud va ayrim viloyat sudlariga raislar tayinlandi, deb xabar beradi Sudyalar oliy kengashi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sadriddin Eshonqulov sudyalik vakolati muddati davriga O‘zbekiston Harbiy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek:

  • Abduhalim Ahmedov — sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
  • To‘rabek Qodirqulov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
  • G‘olibjon Davlatov — sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
  • Alisher Abdurahmonov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidentining farmoyishi bilan yozma arizalariga asosan, Buxoro viloyat maʼmuriy sudining raisi S.Tursunov va Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼati raisi A.Madaminov egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »