Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun yangi sanksiyalar ko‘zda tutilgan qonunni rad etdi. Bu haqda deputat Alisher Qodirov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“Daraxtni noqonuniy kesganlik uchun AQSHda 100 ming, Fransiyada 150 ming, Saudiyada 8 million AQSH dollarigacha jarima belgilangan. Bizda bu harakat uchun 1 000 AQSH dollarigacha jarima ko‘zda tutilgan qonun prezident tomonidan rad etildi. Eʼtiroz to‘g‘ri, qonunni qayta ko‘ramiz”, — deb yozgan u Telegram’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Senatning 3-maydagi majlisida maʼqullangan qonun Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartishlar kiritilgan edi.

Unda daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va yosh nihollarni noqonuniy kesish, ildizi bilan sug‘urib olish, shikastlash, nobud qilish yoki ko‘chirib o‘tkazish uchun fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (avval 5 baravaridan 10 baravarigacha edi), mansabdor shaxslar uchun esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (avval 10 baravaridan 15 baravarigacha edi) jarima belgilanishi ko‘zda tutilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »