Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda hukumat qarori bilan paxta yetishtiruvchilarga QQSni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, “Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash hamda hisobga olish muddatlarini muvofiqlashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra:

  • 2023-yil hosilidan paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi to‘liq elektron tarozi orqali qabul qilinadi; 
  • QQSni paxta xomashyosi bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha to‘lash va hisobga olishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-aprelgacha paxta-to‘qimachilik klasterlari va qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) o‘rtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

  • paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar o‘z muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS to‘lovchisi hisoblangan qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi; 
  • paxta-to‘qimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun elektron hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan QQS summasini qishlok xo‘jaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) tomonidan QQS budjetga to‘lab berilganidan so‘ng hisobga olishga ruxsat etiladi.

QQSni bo‘lib-bo‘lib to‘lash va hisobga olishning avtomatlashtirilgan dasturi ishga tushiriladi. 2023-yil 5-sentabrgacha hududlar va klasterlar kesimida paxta xomashyosini yig‘ib olish bilan bog‘liq ma’lumotlar shakllantiriladigan axborot tizimi ishga tushirilib, 15-sentabrdan “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »