Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jumladan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ishga tushirish muddatini 60 kundan 180 kunga uzaytiriladi.

Dasturiy-texnik vositalar “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilingandan so‘ng ularni o‘n kun davomida sinov tariqasida ishlatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

Yo‘l harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasi taqsimlanishida tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozli davr 1 yildan 2 yilga uzaytiriladi.

Tadbirkorlik auksion savdosida g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani olgan kundan boshlab 90 kun ichida obyektda dasturiy-texnik vositalarni o‘rnatish bilan bog‘liq biror-bir harakat (qurilish-montaj ishlari)ni amalga oshirmasa, kelishuv sud orqali bekor qilinadi.

Dasturiy-texnik vositalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuborilgan maʼlumotlardagi xatoliklarning umumiy soni besh va undan ortiq foizni tashkil etgan taqdirda ham tadbirkorlik subyektining obyektga nisbatan bo‘lgan mulk huquqi sud orqali bekor qilinadi.

Auksion orqali radar

Tadbirkorlarga 2021-yilning 1-martidan boshlab yo‘llarga kameralar va radarlar o‘rnatishga ruxsat berilgan. Yer uchastkalari onlayn auksionlar orqali taqdim etiladi.

Auksion g‘oliblari uchastkalarni boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan cheklanmagan muddatga oladi. 2021—2022-yillarda shu tarzda 3356 ta videokamera va 763 ta radar o‘rnatilgan. Ma’lumot uchun, 2021-yil iyun oyidan boshlab O‘zbekistondagi chorraha va yo‘llarda radar va kameralar qo‘yish joylari auksion orqali savdoga qo‘yilishi boshlangandi. 1-iyul kuni E-auksion saytida birinchi bor Toshkent shahrida radar o‘rnatiladigan joylar auksionga chiqarilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »