Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda boshlang‘ich sinf darsliklari xorijiy tajribalar asosida yangidan tayyorlandi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Yangi darsliklar ta’lim oluvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini shakllantirishda  “4K” modelini qo‘llash orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Prezident belgilab bergan vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yilning 14—17-avgust kunlari Toshkent shahrida “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Malaka oshirish kursida respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 dan ortiq ilg‘or pedagoglar va metodistlar hududiy trenerlar sifatida ta’lim olmoqda. Aynan ular joylarda o‘qituvchilarni zamonaviy usullar bo‘yicha kaskad usulida tayyorlashi kerak bo‘ladi.

To‘rt kunlik kurs davomida darslik mualliflari va ilg‘or amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan hududiy trenerlarga boshlang‘ich sinflarda fanlarni o‘qitish metodikasi, o‘quvchilar natijalarini baholash, bunda fanlararo integratsiyani ta’minlash kabi mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Yangi darsliklar ta’lim oluvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini shakllantirishda “4K” modelini (kritik fikrlash, kreativlik, kollaboratsiya, kommunikatsiya) qo‘llash orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu kurs Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »