Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Jorjiya shtatidagi natijalarni noqonuniy ravishda o‘zgartirishga uringanlikda ayblanib, rasman jinoiy ishga tortildi. Bu haqda okrug prokurori e’lon qilgan ayblov xulosasida ma’lum bo‘ldi. Shtatning katta hay’ati ayblovni yoqlab ovoz bergan.

Foto: AP Photo

Tramp 13 ta bandda, jumladan, hujjatlarni qalbakilashtirish va davlat amaldorini o‘z vazifalarini buzishga undashda ayblanmoqda. Eng jiddiy modda — uyushgan jinoyatchilik to‘g‘risidagi qonunni buzish. Prokurorlarga ko‘ra, prezident va uning sheriklari “mag‘lubiyatni tan olishdan bosh tortib, qasddan til biriktirgan”. Ayblovlardan biri Trampning Jorjiya kotibiga qo‘ng‘iroq qilgani bilan bog‘liq: u kotibdan Baydenni mag‘lub etishga yetishmayotgan ovozlarni “topishni” so‘ragan. Tramp bu ayblovni soxta deb atadi.

Sobiq prezident bilan birga yana 18 kishiga nisbatan ayblov e’lon qilindi. Ulardan to‘rt nafari, boshqa moddalar qatorida, saylovdan keyin sodir etilgan elektron saylov tizimini buzishda ayblanmoqda. Ayblanuvchilar orasida prezident apparatining sobiq rahbari Mark Meadouz va Nyu-York sobiq merining advokat Rudi Juliani ham bor edi.

25-avgustga qadar Tramp va boshqa ayblanuvchilar Atlanta politsiyasiga taslim bo‘lishi va ehtiyot chorasini belgilaydigan sudya huzuriga kelishi kerak. Ushbu uchrashuv jonli efirda namoyish etiladi.

Tramp bo‘lajak saylovlarda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka asosiy da’vogar hisoblanadi. U birorta modda bo‘yicha aybdor deb topilib, qamoqqa jo‘natilgan taqdirda ham bu uni AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lish huquqidan mahrum qilmaydi.

Bu Trampga qarshi ochilgan to‘rtinchi jinoiy ish bo‘ldi. Aprel oyida Manxetten okrugidagi Katta hakamlar hay’ati biznes hisobotlarini soxtalashtirish bo‘yicha, iyun oyida advokat Smit Tramp qarorgohlarida maxfiy hujjatlarning noqonuniy saqlanishi bo‘yicha ish ochgandi. Avgust boshida esa sobiq prezidentga 2021-yil 6-yanvarda Kapitoliyga uyushtirilgan bosqin bilan bog‘liq jinoiy ish bo‘yicha rasman ayblov e’lon qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »