Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati IIBB YHXB Ohangaron tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati

Qayd etilishicha, 14-avgust kuni soat 07:00 atrofida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida Matiz yuk mashinasi bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Tuman hududidan kesib o‘tuvchi Olmaliq—Toshkent avtomobil yo‘lining 25-kilometrida 31 yoshli haydovchi K.X. Matiz mashinasida o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan, 47 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Sinoturk yuk avtomobilining orqa qismiga urilgan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati

Matiz haydovchisi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oxirgi vaqtlarda sodir bo‘lgan YTHlar

Bundan oldin Toshkentning Uchtepa tumanida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani, Samarqandda yigit tog‘asining mashinasini olib qochib, 4 ta avtomobil bilan to‘qnashgani, O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi yonidagi piyodalar o‘tish joyida Damas ayolni urib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »