Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) energetika kompaniyasi “Turkmenenergo” davlat korporatsiyasi bilan Afg‘onistonning Hirot viloyatida energetika loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Bu haqda Afg‘oniston energetika kompaniyasi xabar berdi.

Muzokaralar chog‘ida “Nur-ul-Jehad” podstansiyasining elektr ta’minotini 110 kilovoltdan 220 kilovoltgacha kengaytirish loyihasi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Foto: DABS
“Asosiy e’tibor loyihaviy tadqiqotlar, hujjatlarni tayyorlash, xavfsizlik, sug‘urta va boshqa texnik jihatlarga qaratildi. Pudratchiga kerakli hujjatlarni tayyorlash uchun vaqt berildi”, — deyiladi DABS bayonotida.

Afg‘oniston elektr energiyasining 80 foizdan ortig‘ini Markaziy Osiyo va Erondan import qiladi. Yaqin vaqtgacha uning ehtiyojlarining deyarli yarmi O‘zbekiston tomonidan ta’minlanar edi, endi u sanoat yuksalishi tufayli ichki iste’molga yo‘naltirilgan.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Turkmaniston Afg‘onistonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining 20 foizini ta’minlamoqda, ayni paytda elektr energiyasi yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Aziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »