Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO bosh kotibi ofisi rahbari Stian Yenssen Ukraina o‘z hududlarining bir qismini Rossiyaga berishi evaziga NATOga a’zo bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda VG nashri xabar berdi.

Foto: VG

Yenssenning ta’kidlashicha, bu Ukrainadagi urushni yakunlashning bir qismi bo‘lishi mumkin.

“Menimcha, urushni yakunlashning bir yechimi Ukraina hududlaridan voz kechib, evaziga NATOga a’zo bo‘lishidan iborat bo‘lishi mumkin”, — dedi NATO bosh kotibi ofisi rahbari.

U Ukraina qachon va qanday sharoitda Rossiya bilan muzokaralar olib borishni xohlashini o‘zi hal qilishi kerakligini bildirdi.

“Ukrainaning kelajakda NATOga aʼzo bo‘lishi masalasida jiddiy harakat bo‘ldi. Urush yana takrorlanmasligidan hamma manfaatdor.
Rossiya katta harbiy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va uning yangi hududlarni egallashi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rinadi. Hozirda gap Ukraina aynan nimani qaytarib olishi haqida ketmoqda.”, — dedi Yenssen.

Jurnalistning “NATO Ukraina Rossiya bilan tinchlikka erishish va alyansga aʼzo bo‘lish uchun hududlarni berishi kerak, deb hisoblaydimi?” degan savoliga Stian Yenssen urushdan keyingi ehtimoliy holat muhokamasi hozirdanoq davom etayotgani va boshqa davlatlar hududlarni Rossiyaga berish masalasini ko‘tarayotganini aytdi.

“Shunday bo‘lishi kerak, deb aytmayapman. Ammo bu ehtimoliy yechim bo‘lishi mumkin”, — deya xulosa qildi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »