Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan va Andijon viloyatlarida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Asaka tumanidagi “B.D.” fermer xo‘jaligi rahbari R.U. va fuqaro A.S. o‘zaro til biriktirib, ikki nafar fuqaroga boshqa fermer xo‘jaligiga qarashli 12 sotix yer maydonini 15,6 ming AQSH dollariga uy-joy qurish uchun sotishga kelishgani aniqlangan. Bundan tashqari, ular tanishlari yordamida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, 10,2 ming dollar va 63 million so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, M.Q. ismli shaxs fuqaro D.O.ga tanishlari yordamida 10 ming AQSH dollari evaziga Kosonsoy tumani “G‘o‘rmiron” MFYdagi “Q.Sh.” fermer xo‘jaligiga qarashli 1 gektar yer maydonini chorvachilik yo‘nalishida foydalanish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, 5 ming dollar va 11,7 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Noqonuniy yer savdolari

Bir necha kun oldin Sirdaryoda besh gektar yer maydonini 40 ming AQSH dollariga sotishga uringan opa-uka qo‘lga olingan edi. Aprel boshlarida esa Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »