Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Qatar va Ummondagi ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida Erondan Rossiyaga dronlar yetkazib berishni to‘xtatishni so‘radi. Bu haqda eronlik yuqori martabali amaldorga tayanib, Financial Times xabar berdi.

Foto: Getty Images

Nashr manbasiga ko‘ra, Tehron bir necha bor Moskvadan urushda Eron dronlaridan foydalanishni to‘xtatishni so‘ragan, biroq amerikalik delegatsiyalar dronlarni yetkazib berishni to‘liq to‘xtatish ko‘rinishidagi “aniqroq qadamlar” zarurligini bildirgan.

Tegishli suhbat AQSH va Eron o‘rtasida mahbuslarni almashish bo‘yicha muzokaralar bilan parallel ravishda o‘tgan. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Eronning “ortib borayotgan yadroviy tahdid”ni yumshatishga qaratilgan har qanday harakatini olqishlashini aytgan.

Britaniya razvedkasi maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiya Eronning Shahed dronlari ishlanmasi asosida urushda o‘zi ishlab chiqargan dronlardan foydalanishni boshlagan.

Rossiya Ukrainadagi urushda Eron dronlaridan foydalanmoqda(mi)

2022-yildan beri G‘arb davlatlari va Ukraina bir necha bor Eronni Rossiyaga dronlar yetkazib berishda ayblab keladi.

2022-yil iyul oyida AQSH Rossiya Erondan Shahed-191 va Shahed-129 jangovar dronlarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini xabar bergandi.

21-dekabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Moskva Tehrondan Ukraina hududiga zarba berish uchun foydalaniladigan 250 ta kamikadze dronlarini olganini aytgan.

Keyinchalik Eron tashqi ishlar vazirligi dronlarni Rossiyaga yetkazib berish faktini tan olgan, ammo xabar qilinganidan “oz miqdorda” hamda Ukrainada urush boshlanishidan bir necha oy oldin yetkazilganini ta’kidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »