Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Amerikaning CNN telekanaliga 2023-yil 17-iyul kuni Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan eksperimental dengiz dronining hujumi videosini topshirdi.

UXX boshlig‘i Vasiliy Malyukning so‘zlariga ko‘ra, ko‘prikni urish uchun 850 kilogramm portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan Sea Baby dronidan foydalanilgan. U dronni Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan so‘ng boshlangan bir necha oylik ishlanmalar natijasi deb atadi.

UXX telekanalga dron operatorining ekranida yozib olingan videoni bergan, unda dronning ko‘prikka yaqinlashayotgani tasvirlangan. Boshqa videokuzatuv kameralarida dronlardan biri ko‘prikning yo‘l qismiga hujum qilgani, ikkinchisi qarama-qarshi tomondagi temiryo‘l uchastkasi yaqinida portlaganini ko‘rish mumkin.

UXX rahbari iyul oyida ko‘prikka qilingan hujum ko‘p oylik tayyorgarlik natijasi ekanini aytdi. U 2022-yilning 8-oktabrida Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni ham o‘z zimmasiga oldi, ammo tafsilotlarni aytishdan bosh tortdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suv yuzasida harakatlanadigan dronlar UXXning “noyob ixtirosi” hisoblanadi.

“Suv usti dronlari — Ukraina Xavfsizlik xizmatining noyob ixtirosi. Xususiy kompaniyalarning hech biri bunga aloqador emas. Bu dronlar yordamida yaqinda Qrim ko‘prigini, “Olenegorskiy Gornyak” katta desant kemasi va “SIG” tankerini muvaffaqiyatli urdik.

“Biz Qora dengizda bir qator yangi qiziqarli operatsiyalar ustida ishlayapmiz. Sizga va’da berib aytamanki, bu juda hayajonli bo‘ladi, ayniqsa dushmanlarimiz uchun”, — dedi UXX rahbari Malyuk.

2023-yil 17-iyulga o‘tar kechasi Qrim ko‘prigida portlash sodir bo‘ldi, unda harakatlanayotgan mashinalardan biridagi er-xotin halok bo‘ldi, ularning 14 yoshli qizi yaralandi. Rossiya Tergov qo‘mitasi terrorchilik harakati moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ko‘prikning avtomobil qismi shikastlandi. Uni tiklash, Rossiya rasmiylariga ko‘ra, bir milliard rublga tushadi.

2022-yil 8-oktabr kuni yuk mashinasi Qrim ko‘prigining avtomobil qismida portlab ketgandi. Shu bilan birga, Krasnodar o‘lkasi tomon harakatlanayotgan ko‘prikning temiryo‘l qismida bo‘lgan poyezdda yettita yonilg‘i baki yonib ketgan.

Ko‘prikning ikkita avtomobil qismi qulab tushgan, oqibatda to‘rt kishi halok bo‘lgan. Rossiya hodisani terakt deb baholab, jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Iyul oyida Vasiliy Malyuk o‘sha portlashga UXXning aloqadorligini bildirib o‘tgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »