Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bola o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” dori vositasi bo‘yicha sud ishi boshlangani, mazkur jinoyat ishida 21 nafar kishiga nisbatan ayblov eʼlon qilingani xabar berilgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi qisqa tanaffusdan so‘ng sud majlisini davom ettirmoqda. Bu haqda sud majlisida ishtirok etgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman 

Sud avvalida sudlanuvchi A.A.ning advokatlari — M.Madaminov hamda A.Husanovlar “Qalampir.uz” sayti jurnalisti Hulkar Murtozoyevani sud jarayonini yoritishda aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmaganlikda ayblab, suddan chetlatish bo‘yicha iltimosnoma kiritdi.

Advokat M.Madaminov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman 
Advokat I.Rahmatov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman 
Foto: “Daryo” / Madina Nurman 

Shuningdek, yana bir advokat Ilhom Rahmatov “Kun.uz” nashrini ham aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmaganlikda aybladi. Ammo nashr jurnalistlarini suddan chetlatishni so‘ramadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman 
Foto: “Daryo” / Madina Nurman 

Sud mazkur iltimosnomani rad etdi. Ammo OAV vakillariga jarayonni yoritishda aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilishni so‘radi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman 
Foto: “Daryo” / Madina Nurman 

Sudda, shuningdek, ayblanuvchi A.A.ning advokati sudlanuvchiga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilib, unga qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qo‘llanilishini so‘radi. Sud hayʼati mazkur iltimosnomani ham rad etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »