Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Energetika vazirligi aholiga murojaat bilan chiqib, elektr energiyasini tejashning antiqa usulini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Vazirlikning ta’kidlashicha, elektr energiyasini tejash uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda pastroq haroratda kir yuvishga harakat qilish kerak. +90 daraja yuvish haroratida energiya sarfi +60 daraja yuvish haroratiga qaraganda 30-40 foiz yuqori bo‘ladi. Qayd etilishicha, kir yuvish uchun ba’zan +30/40 daraja harorat ham yetarli bo‘ladi. 

“Bu orqali siz oila budjetini tejaysiz, elektr energiyasi barcha iste’molchilarga bir me’yorda yetib borishiga xissa qo‘shasiz”, — deyiladi vazirlik murojaatida. 

Bundan tashqari, vazirlik aholidan muzlatkichni gaz plitasi yoki isitish radiatori yoniga o‘rnatmaslikni so‘ragan. Bu muzlatkichning elektr energiyasi iste’molini 20-30 foiz oshiradi.

Kam quvvat iste’molli va yuqori energiya samaradorligi bo‘lgan “A”, “A +”, “A ++” yoki “A +++” maishiy texnika va elektron jihozlarni sotib olish tavsiya etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »