Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Gavayi shtatini tashkil etuvchi Gavayi orollaridagi o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar soni 106 nafarga yetdi. Bu haqda gubernator Josh Grin CNN telekanaliga ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Qurbonlardan faqat besh kishining shaxsi aniqlangan. 15-avgust kuni Grin 99 kishining o‘limi haqida ma’lum qilgandi.

Yaqin kunlarda qurbonlar soni ortishi mumkin — qutqaruvchilar qidiruvni davom ettirmoqda. Hozircha yong‘inlardan zarar ko‘rgan hududning atigi 32 foizi tekshirib bo‘lingan.

Gavayida o‘rmon yong‘inlari 8-avgust kuni boshlandi. Tabiiy ofatdan, ayniqsa, Maui turistik oroli jiddiy zarar ko‘rdi. Oroldan 14 ming kishi evakuatsiya qilindi.

Gavayidagi o‘rmon yong‘inlari AQSHda so‘nggi 100 yildagi eng halokatli yong‘inga aylandi. Ba’zi versiyalarga ko‘ra, oroldagi yong‘in kuchli qurg‘oqchilik va bo‘ronli shamollar tufayli yuzaga kelgan. Mauida baʼzi joylarda shamol tezligi soatiga 67 mil (taxminan 108 km/soat) ga yetgani xabar qilingan, bu esa yong‘inning tez tarqalishiga turtki bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »